Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/11/2024
Chop etish
Inson qadri uchun-el yurt baxti uchun.
11-noyabr “Kasaba uyushmalari” kuni munosabati bilan  o‘tkazilgan tadbir ana shu g‘oya asosida tashki etildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti kasaba uyushmalari faoliyati, uning bugungi kunda tutgan o‘rni mavzusida o‘tkazilgan jamoat ishda faol professor-o‘qituvchilar kasaba  uyushmasining a’zolari taklif etildilar. Tadbirni universitet yoshlar masalalari, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida bugun oliygohda ishchi xodimlar professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, bugungi bayramning kelib chiqish tarixi va mazmun –mohiyati haqida gapirdi.

Shundan so‘ng 11-noyabr “kasaba uyushmalari” kuni munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalarida faol ishtirok etgan,yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda faol xodimlar viloyat hamda universitet kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan taqdirlanishdi. Shuningdek bir guruh faollarga  Kasaba uyushmalari Respublika kengashi tomonidan faxriy yorliqlar ham topshirildi. Tantanali tadbirda Jizzax viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasining Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Ikrom Yunusov, Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri Ikrom Jabborovlar ham ishtirok etishdi.

 


Ulashish:
784
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.