Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/05/2024
Chop etish
Janubiy Koreya delegatsiyasi JDPUda

2024 yil 15 May kuni Janubiy Koreya davlatining Kyungvon Universiteti hamda King Sejong Fondi vakillaridan iborat Delegatsiya JDPUga tashrif buyurdi. King Sejong Fondi vakillari bilan JDPU rektori Sh.S.Sharipov o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda tomonlar JDPU qoshida “King Sejong Institute Foundation” Koreys tili markazini tashkil etish va kelajakdagi ishlar yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi.

King Sejong Instituti Fondi milliy vakillik tashkiloti bo‘lib, King Sejong instituti fondi koreys tilining professional va tizimli o‘quv dasturlarini, shuningdek, madaniyatlararo turizmga asoslangan yuqori sifatli madaniy dasturlarni taqdim etish bo‘yicha turli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Har yili fond xorijda koreys tilida ta’lim olishni va strategik kengaytirishni talab qiladigan mamlakatlarni qidirish orqali King Sejong institutlarining faoliyatini kengaytirishda davom etmoqda. Natijada, bugungi kunda dunyoning 85 ta davlatidagi 250 dan ortiq King Sejong institutlarida osongina koreys tilini hech qanday to‘siqlarsiz o‘rganishi mumkin.

JDPU rahbari Sh.S.Sharipov Kyungvon Universiteti va King Sejong Instituti Fondi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitetda King Sejong Instituti Fondi Koreys tili markazi ochishga kelishildi va unga ko‘ra ushbu King Sejong Instituti Fondi Koreys tili markazi universitetning Xorijiy tillar fakultetida tashkil etiladi. Delegatsiya markaz uchun ajratilgan xonalar, yaratilgan sharoitlar, STEAM Park, Inkubatsiya markazi, Madaniyat saroyi va Professorlar bo‘gi bilan tanishib chiqdi.


Ulashish:
1 125
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.