Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/11/2025
Chop etish
JDPU delegatsiyasi Moskvadagi “Uchu Velikomu” xalqaro rus tili forumida ishtirok etdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan «Uchu Velikomu» xalqaro rus tili forumida ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida Filologiya fakulteti o‘qituvchilari Marlen DJelyalov, Eldar Xasanov va Ravil Xamitovlar bor edi.

Forum doirasida delegatsiya a’zolari qator muhim tadbirlarda qatnashdilar: Jumladan:

 

  • «Rus tilining xorij ta’lim tizimlaridagi o‘rni» mavzusidagi panel muhokamasida Jelyalov Marlen Zoidovich «Rus tilini oliy ta]lim muassasalarida o‘qitish xususiyatlari» mavzusida ma’ruza qildi.

  • «Rus tilini o‘rganishdagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish» mavzusidagi sessiyada Xasanov Eldar Rinatovich samarali o‘qitish usullari haqida so‘z yuritdi.

  • Rus tili va adabiyotini o‘qitish bo‘yicha interaktiv master-klasslar, davra suhbatlari va loyiha ishlarida faol ishtirok etildi.

Forum madaniy dastur bilan yakunlandi.


Ulashish:
1 893
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.