Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/11/2025
Chop etish
JDPU jamoasi “Besh tashabbus olimpiadasi”da dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi.

17-20-noyabr kunlari Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi Guliston davlat universitetida respublika miqyosidagi “Besh tashabbus olimpiadasi” final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur olimpiadada sportning voleybol, yengil atletika va stritbol turlari bo‘yicha hududiy bosqichda ustunlikni qo‘lga kiritgan Jizzax davlat pedagogika universiteti sportchilari ham ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyish etmoqdalar.

Bugun olimpiadadan ajoyib yangilik keldi: stritbol bo‘yicha qizlar jamoamiz oltin medalga ega bo‘ldi! Bu g‘alaba universitet sportchilari fidokorligi,  murabbiylar zahmatlari va shaxsan universitet rektorining samimiy qo‘llab-quvvatlashi natijasida amalga oshganligini yana bir bor isbotlaydi.

JDPU rahbariyati va barcha talabalar sportchilarni dastlabki oltin medal bilan chin dildan tabriklaydi va ularga yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.


Ulashish:
986
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.