Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/11/2025
Chop etish
JDPU jamoasi Zomin tog‘lariga navbatdagi sayohatda.

1–2-noyabr kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetidan yana bir guruh — professor-o‘qituvchilar va xodimlar navbatdagi sayohatga yo‘l olishdi. An’anaga aylanib ulgurgan bu sayohat bu gal ham tabiatning go‘zal mo‘jizasi — Zomin tog‘lariga bo‘ldi.

Dam oluvchilar Zomin milliy tabiat bog‘i hududidagi tog‘ havosidan bahra olishdi, osma ko‘prik va dor yo‘li kabi diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishdi. Ot minib tog‘larga chiqishdi.Tabiatning go‘zalligi, sof havo va yuqori kayfiyat ishtirokchilarga cheksiz zavq bag‘ishladi.

Bu sayohatlar JDPU rahbariyati, xususan universitet rektori Maqsudjon Abdullayevichning tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular jamoa ichidagi do‘stona muhitni mustahkamlash, o‘zaro iliq munosabatlarni rivojlantirish hamda xodimlarning mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Zomin tog‘laridagi bu go‘zal lahzalar sayohat ishtirokchilarning xotirasidan uzoq vaqt chiqmasligi shubhasiz.


Ulashish:
1 005
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.