Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/10/2024
Chop etish
JDPU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori litsey pedagoglar bilan uchrashdi.

Universitet prorektori Furqat Jo‘raqulov ishtirokida Sayiljoy akademik litseyida uchrashuv tashkil etildi.

Litsey pedagog-xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’lim jarayonidagi dolzarb masalalar xususida so‘z bordi. Xususan, pedagoglarning o‘z ustida mustaqil ishlashi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni dars jarayonlarida qo‘llash hamda o‘quvchilar bilan ishlashda yuzaga kelayotgan vaziyatlar haqida fikr almashildi.

Kunning ikkinchi yarmida universitet prorektori ishtirokida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ham davra suhbati tashkil etildi. O‘quvchilar bilan bo‘lgan yuzma-yuz muloqot davomida universitetda mavjud fakultetlar, o‘quv jarayonlarining olib borilishi, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatlari haqidagi batafsil ma’lumotlar berildi.


Ulashish:
794
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.