Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/04/2025
Chop etish
JDPU Tabiiy fanlar fakultetida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda ota-onalarga oliygohda o‘rnatilgan ichki-tartib qoidalar va Odob-axloq kodeksi haqida ma’lumotlar berilib, mazkur me’yoriy qoidalarga talabalarning muntazam ravishda rioya qilishlari tobora dolzarblik kasb etib borayotgani qayd etildi.

Undan tashqari talabalarning ota-onalariga talabalar uchun davlat grantini taqsimlash tartibi o‘zgargani, endilikda OTMlarda davlat granti butun o‘qish davri uchun bir talabaga berilmay, har yili yuqori baholar olgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi, Grantga kirgan talaba keyingi o‘quv yilida ham grant uchun kurashishi kerakligi aytib oʻtildi.

 

Grant uchun tanlovda GPA 3,5 dan baland bo‘lgan istalgan talaba qatnashishi mumkinligi, bunda nafaqat o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qaraladi, balki ijtimoiy faollik ham inobatga olinishi ota-onalarga batafsil tushuntirildi. Ota-onalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi


Ulashish:
2 009
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.