Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/05/2026
Chop etish
JDPU talabalari xalqaro va respublika sport arenalarida yuksak natijalar qayd etdi

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari 2026-yil aprel oyida o‘tkazilgan xalqaro va respublika sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, qator yutuqlarga erishdi.
Xususan, o‘zbek jang san’ati bo‘yicha Osiyo chempionatida Nuraliyeva Shohista, aralash jang san’ati hamda Penchak Silat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlarida Xandamova Mahfuza va Bobobekov Jasurbek faxrli 1-o‘rinni egalladi.


Shuningdek, voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida Hakimov Bilolbek 2-o‘rin, Murodjonov Mahmudjon 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“ROS ATOM” xalqaro sport festivalida universitetning basketbol jamoasi kumush medalga sazovor bo‘ldi. Akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo kubogida esa Jo‘raqulov Muhammadali bronza medalni qo‘lga kiritdi.


Ulashish:
375
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.