Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/06/2026
Chop etish
JDPU talabalari “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” respublika bosqichiga kuzatildi

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan mazkur olimpiadada respublikadagi 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi ishtirok etgan bo‘lib, saralash bosqichlari yakunlariga ko‘ra 79 ta oliy ta’lim muassasasi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joizki, Jizzax davlat pedagogika universiteti mazkur musobaqalarning hududiy bosqichida yuqori natijalarni qayd etib, respublika bosqichiga yo‘l olgan 115 nafar talaba bilan ishtirok etayotgan yetakchi jamoalardan biri hisoblanadi.

 

 

Tantanali marosimda ishtirokchi talabalarga yuksak ishonch bildirilib, universitet va viloyatimiz sharafini munosib himoya qilish, yuqori natijalarga erishish bo‘yicha ezgu tilaklar bildirildi.


Ulashish:
547
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.