Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/07/2025
Chop etish
JDPU va Hindistonning National Heart Institute o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda.

2025-yil 7-iyul kuni Jizzax Davlat pedagogika universitetiga (JDPU) navbatdagi rasmiy tashrif bilan Hindistonning National Heart Institute xalqaro hamkorlik direktori Dr. Anand Kumar Tripathi boshchiligidagi delegatsiya kelib, JDPU bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib bordi. Delegatsiya tarkibida Zafar Khan hamda Hindistonning Janessa Educare konsalting firmasi direktori Jerry Mendes ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor JDPUdagi tibbiyot yo‘nalishiga Hindistonlik talabalarni jalb qilish masalasiga qaratildi. Shu munosabat bilan mehmonlar universitet infratuzilmasi, xususan, fakultet binolaridagi auditoriyalar, ma’ruza zallari, Ro‘yxatga olish (Registrator) bo‘limi faoliyati hamda talabalar uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lgan yotoqxona bilan tanishishdi. 24 soat faoliyat yurituvchi hamda turli sohalarga oid boy kitob fondiga ega zamonaviy kutubxona mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tashrif doirasida, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, Dr. Anand boshchiligidagi mehmonlar Jizzax shahridagi qator tibbiyot muassasalariga ham tashrif buyurishdi.


Ulashish:
3 620
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.