Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/06/2025
Chop etish
JDPU xodimlarining farzandlari bolalar oromgohiga jo‘natildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlarining 30 nafarga yaqin farzandlari uchun yozgi dam olish mavsumini mazmunli tashkil etish maqsadida “Sharof Rashidov” nomli bolalar oromgohiga yo‘llanmalar taqdim etildi.

Mazkur tashabbus bolalarning salomatligini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish, hamda yozgi ta’til davrini xush va xotirjam o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan.

Tashkil etilgan mazkur sa’y-harakatlar universitet ma’muriyati tomonidan xodimlarga yaratilgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yana bir ifodasi hisoblanadi.


Ulashish:
705
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.