Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/11/2025
Chop etish
JDPUda Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan sport tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy chiniqish va ruhiy tetiklikni mustahkamlash, shuningdek jamoada birdamlik va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘usini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Bayram munosabati bilan ayollar o‘rtasida voleybol, erkaklar o‘rtasida esa mini-futbol musobaqalari o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra:

Voleybol (ayollar): 1-o‘rin — Kimyo fan o‘qituvchilari 2-o‘rin — Boshlang‘ich ta’lim fan o‘qituvchilari 3-o‘rin — Geografiya va Biologiya fan o‘qituvchilari

Mini-futbol (erkaklar): 1-o‘rin — Kimyo fan o‘qituvchilari 2-o‘rin — Geografiya fan o‘qituvchilari 3-o‘rin — Biologiya va Boshlang‘ich ta’lim fan o‘qituvchilari

Tadbir xodimlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.


Ulashish:
1 278
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.