Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/09/2025
Chop etish
JDPUda iqtidorli talabalar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan mazkur seminar-trening “Yoshlarning raqamli ko‘nikmalari va soft skills (muloqot, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash, vaqtni boshqarish kabi zaruriy ko‘nikmalar)ni rivojlantirish orqali mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirish” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Seminarga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori M. Djalolov tashrif buyurib, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.

Tadbir davomida talabalarga zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, kelajak kasblariga tayyorlanishda kerakli ko‘nikmalarni shakllantirish, global mehnat bozoridagi talab va tendensiyalar, muvaffaqiyatli karyera qurishda soft skills ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ushbu seminar-trening iqtidorli yoshlar uchun nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba manbai bo‘lib xizmat qildi. Tadbir yakunida talabalar o‘z savollariga javob oldilar, turli interaktiv mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.


Ulashish:
1 863
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.