Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/01/2026
Chop etish
JDPUda pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlarining navbatdagi bosqichi yakunlandi.

Mashhur ekspert-trener, professor Ishmuhammedov Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida o‘tkazilgan uch kunlik seminarlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar tinglovchilarga sodda va ta’sirchan usullarda yetkazildi.

Mashg‘ulotlar ta’lim sifatini oshirish, innovatsion va interaktiv metodlarni qo‘llash, o‘qituvchining kasbiy mahorati va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga qaratildi.

Seminarlar davomida pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash, interaktiv ta’lim, muammoli o‘qitish va pedagogik innovatsiyalar mavzulari muhokama qilindi.

Seminar yakuniga ko‘ra, faol ishtirok etgan 34 nafar professor-o‘qituvchi mentor sifatida saralab olindi. Ular keyingi bosqichda mashg‘ulotlarni davom ettirib, o‘z kafedralarida ilg‘or tajribalarni ommalashtiradilar.

Seminarlarning navbatdagi bosqichi yakunlangan bo‘lsa-da, jarayon to‘xtab qolmaydi. Universitetda haftaning shanba kuni “Uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” deb belgilangan.

O‘quv seminarlarida respublikadagi yetakchi, tajribali va mashhur ekspertlar ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadilar.


Ulashish:
4 287
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.