Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/01/2024
Chop etish
 JDPUda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashidagi Prezidentimiz nutqini jamoaga yetkazish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda universitetning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etishdi.. Seminarni Universitet rektori prof.Sh.S.Sharipov ochib berdi. U  o‘z so‘zida arimizni milliy ruhda tarbiyalash, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shaklantirish biz pedagoglarning vazifasi ekanligini ta’kidladi. Xabaringiz bor, o‘tgan 2023-yilning  22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashida prezidentimiz ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruza qildilar va kelajakda bu sohada qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni belgilab berdilar.

Bu borada tegishli vazirliklarga topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda ma’naviy va ma’rifiy sohalarda 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliy va tanqidiy shaklda ko‘rib chiqildi. Prezidentimiz bugungi kunda ma’naviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi kerakligini alohida ta’kidlab, ma’naviyat hayotda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerakligini aytib o‘tdi.

 

Prezidentimiz shuningdek, yig‘ilishda kitobxonlik madaniyatini, o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish, tasviriy va amaliy san’at, kino sohasini rivojlantirish, madaniy hayotni yaxshilash, musiqa va raqs san’atini ravnaq toptirish, madaniy hordiq infrastrukturasini yaxshilash, madaniyat va san’atga e’tibor qaratish, ma’rifat ulashish, Yangi O‘zbekiston poydevorini qurish haqida ham to‘xtalib, bu borada o‘z takliflarini berdi. Bo‘lib o‘tgan seminarda so‘zga chiqqanlar aynan mana shu masalalarga to‘xtalib, bu borada prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar yuzasidan kelgusidagi universitetning istiqbolli rejalari haqida taqdimotlar qilishdi.


Ulashish:
1 074
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.