Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/03/2026
Chop etish
JDPUda rus tilini o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan “Umumta’lim va inklyuziv muhitda rus tilini o‘qitish metodikasi: zamonaviy yondashuvlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Unda ta’lim jarayonida zamonaviy metodlar, inklyuziv muhitda o‘qitish strategiyalari, baholash va sertifikatsiya masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda ta’limni raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va innovatsion pedagogik yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi.

 

Tadbirda Rossiya, Fransiya, Janubiy Koreya va Hindistondan yetakchi olimlar ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan xalqaro tajriba almashinuvi uchun muhim ilmiy maydon yaratdilar.


Ulashish:
680
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.