Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/06/2025
Chop etish
JDPUda Sandra Israel xonim bilan xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Sh.S.Sharipov AQSHning Toshkentdagi elchixonasi hamkorligida Xalqaro shartnoma asosida Xorijiy tillar fakultetida bir yil davomida samarali faoliyat yuritgan ingliz tili mutaxassisi Sandra Israel xonim bilan rasmiy xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Sandra Israel xonim JDPUda o‘tkazgan bir yillik mehnat faoliyatini katta mamnuniyat bilan yodga oldi. U universitetda yaratilgan keng imkoniyatlar, ilmiy muhit, ustozlar va talabalarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini yuksak baholab, JDPU jamoasiga minnatdorchilik bildirdi. «Bu yerda ishlash juda mazmunli va zavqli bo‘ldi», — deya ta’kidladi mehmon mutaxassis.

 

 

Ushbu muddat mobaynida Sandra Israel xonim nafaqat talabalarga ingliz tilidan saboq berdi, balki “Teacher Study Circle” to‘garagi orqali mahalliy o‘qituvchilarning metodik ko‘nikmalarini rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutdi.

Universitet rektori Sh.S.Sharipov Sandra Israel xonimning fidokorona mehnatini yuqori baholar ekan, JDPU nomidan unga maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tdi va tomonlar kelgusida ham hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdi.


Ulashish:
775
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.