Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/10/2025
Chop etish
JDPUda Xalqaro dzyudo kuni munosabati bilan sport bellashuvlari o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetida 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab yangi — “Sport faoliyati (dzyudo)” yo‘nalishi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda 22 nafar talaba tahsil olmoqda.

Fakultet tarkibida dzyudo sport turi bo‘yicha to‘garak ham faoliyat yuritmoqda. Unda 5 nafar malakali o‘qituvchi mashg‘ulot olib boradi, уларdan 3 nafari xalqaro toifadagi sport ustasi, 2 nafari esa sport ustasi unvoniga ega.

28-oktyabr – Xalqaro dzyudo kuni munosabati bilan fakultetda mazkur sport turi o‘qituvchilari va talabalari tomonidan sport bellashuvlari va ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi. Tadbir davomida yosh sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi, ustozlar tomonidan dzyudoning tarixi, falsafasi hamda intizom, hurmat va irodani tarbiyalovchi jihatlari haqida so‘z yuritildi.

Ushbu tadbir dzyudo yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga yanada ilhom va g‘ayrat bag‘ishlab, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etиш hamda sport orqali yoshlar o‘rtasida do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.


Ulashish:
1 457
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.