Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/11/2025
Chop etish
JDPUda Xalqaro Sirdaryo kuni munosabati bilan ekologik seminar o‘tkazildi.

 Jizzax davlat pedagogika universitetining Geografiya laboratoriya xonasida Xalqaro Sirdaryo kunini nishonlash doirasida muhim ma’naviy-ma’rifiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) ko‘magida tashkil etildi.

Seminarda respublika ekologik harakati a’zolari, viloyat suv xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari mutaxassislari, shuningdek, JDPUning Geografiya va Biologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari va magistrantlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida suv resurslaridan oqilona foydalanish, Sirdaryo havzasida ekologik muammolar va ularning yechimlari, mintaqadagi iqlim o‘zgarishlarining ta’siri, biologik xilma-xillikni saqlash kabi dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Mutaxassislar tomonidan hudud ekologik barqarorligini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish borasida takliflar ham ilgari surildi.

Seminar ishtirokchilari savol-javoblar jarayonida mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga atroflicha javob oldilar. Tadbir yakunida Xalqaro Sirdaryo kunining ahamiyati, mintaqa ekologik muvozanatini ta’minlashda ilm-fan va amaliy hamkorlikning o‘rni alohida ta’kidlandi.


Ulashish:
1 049
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.