Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/06/2025
Chop etish
JDPUda yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 5447 nafar talaba yoshlar bitiruvchi sifatida yakuniy davlat attestatsiyalariga kirishadi. Attestatsiya 5 kun davomida ikki smenada tashkil etilgan.

Ertalabki smena soat 09:00 da boshlansa, tushdan keyingi imtihonlar soat 15:00 da boshlandi. Bitiruvchilar yozilgan taqvimga muvofiq 3 soat davomida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarni topshirishmoqda.

Imtihonlar 5 ta zamonaviy jihozlangan ma’ruza zallarida o‘tkazilmoqda. Universitet ma’muriyati talabalar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratdi, shuningdek, belgilangan talablarga qat’iy rioya qilinmoqda. Nazoratchilar va mas’ul xodimlar ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida imtihon jarayonida faol ishtirok etishmoqda.

JDPU bitiruvchilaridan biri — surdopedagogika yo‘nalishini bitirayotgan Dilnura Ma’mirovani suhbatga tortdik. U o‘z fikrlarini shunday bildirdi: “Men surdopedagogika yo‘nalishini bitirayotgan birinchi qaldirg‘och talabalardan biriman. Bugungi imtihonda qiynalmadim. O‘zim o‘qigan va bilib olgan mavzularga oid savollarga ishonch bilan javob berdim. Biz gapirishida nuqsoni bor bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan mutaxassislar bo‘lib shakllanyapmiz. Kelajakda o‘z yo‘nalishim bo‘yicha chet elda tahsil olish niyatim bor”.

JDPU rahbariyati va o‘qituvchilari barcha bitiruvchilarga imtihonlarda muvaffaqiyatlar tilashmoqda hamda yosh mutaxassislar kelajakdagi faoliyatida ulkan yutuqlarga erishishlariga katta ishonch bildiradilar. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari shaffoflik, xolislik, odillik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda. Sinovlar 2025-yil 15-iyungaqadar davom etadi.

Barcha bitiruvchilarga omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!


Ulashish:
946
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.