Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi AQSHda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maqsudjon Abdullayevich Yuldashev  boshchiligidagi universitet delegatsiyasi AQSHning Georgia shtatida joylashgan University of Georgia universitetida o‘tkazilayotgan Georgia TESOL 2025 xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli anjuman ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish (TESOL) sohasidagi ilg‘or yondashuvlar, innovatsion metodlar va global tajriba almashish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi mutaxassislar, til o‘qituvchilari va tadqiqotchilar qatnashmoqda.

Universitet delegatsiyasining konferensiyada ishtiroki Jizzax davlat pedagogika universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, xorijiy tajribani o‘rganish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu konferensiyada olingan bilim va ilg‘or tajribalar Jizzax davlat pedagogika unviyersiteti Filologiya fakulteti Ingliz tili yo‘nalishi o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashga zamin yaratadi.

Georgia TESOL (Teachers of English to Speakers of Other Languages) — ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish bo‘yicha dunyodagi eng yirik xalqaro tashkilotlardan biri bo‘lib, ushbu yilgi anjuman “Building Bridges” shiori ostida o‘tmoqda.


Ulashish:
1 318
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.