Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti kengashining navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini yanada oshirish, universitetning nufuzi va obro‘sini yuqori darajaga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan kengashning navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni universitet rektori, professor Maqsudjon Yuldashev ochib berdi. U o‘z nutqida: “Ta’lim sifatini oshirish va universitet sha’nini yuqori pog‘onaga olib chiqish — barchamizdan hamjihatlik va sa’y-harakat talab etadi. Birlashsak, albatta, natija bo‘ladi”, — deya ta’kidladi.

Shundan so‘ng universitet rektori tomonidan yangi tayinlovlar jumladan Sardor Anorboyevich Rasulovning joriy yil 11-oktyabr sanasidan “Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bo‘limi rahbari” lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.

Yig‘ilish davomida kun tartibida ikki muhim Universitetda ta’lim jarayonini besh kunlik ish tizimiga o‘tkazish chora-tadbirlari hamda To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatini uzaytirish masalalari muhokama qilindi.Ma’ruzachilar tomonidan taqdimotlarda ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich besh kunlik tizimga o‘tkazilishi va bu jarayon bahorgi semestrga qadar to‘liq joriy etilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati joriy yil 30-oktyabrgacha uzaytirildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan barcha masalalar kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.


Ulashish:
2 579
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.