Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/04/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida yapon tili va madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Universitetning Bog‘ishamol kampusida o‘tkazilgan tadbirda Yaponiyadan tashrif buyurgan mutaxassislar, xorijlik mehmonlar hamda “Nagoya–O‘zbekiston do‘stlik jamiyati”Umida Ashurova rahbari ishtirok etdi.

Tantanali marosimni universitet rektori ochib berdi. U o‘z nutqida yapon va o‘zbek madaniyatlari o‘rtasidagi o‘xshashliklar, shuningdek, universitetda yapon tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Shu bilan birga, kelgusida xitoy va koreys tillari hamda madaniyat markazlarini tashkil etish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Umida Ashurova mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, bu markaz ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, mehmonlar yangi tashkil etilgan markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, dars xonalari va yapon tilidagi adabiyotlar bilan boyitilgan infratuzilmani ko‘zdan kechirishdi. Ular markaz imkoniyatlariga yuqori baho berib, o‘z ijobiy taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

Marosim davomida talabalar tomonidan yapon madaniyatiga xos choy marosimi, milliy raqs va qo‘shiqlar ijro etildi.


Ulashish:
764
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.