Ommaviy tadbirlar
Ommaviy tadbirlar
|
14/03/2019
Chop etish
O‘zMTDP faoli tashabbusi bilan mehribonlik uyiga 200 dan ortiq kitob sovg‘a qilindi

Kitob va kitobxonlik faoliyatini rivojlantirish borasida so`nggi vaqtlarda O‘zMTDP vakillari tomonidan ham bir qator amaliy ishlar bajarilib kelinmoqda.  Quvonarlisi shundaki, ana shunday tashabbus partiyaning Jizzax shahar Kengashi faoli Institutimizning Informatika o`qitish metodikasi kafedrasining yosh o`qituvchisi Sardor O‘sarov tashabbusi bilan amalga oshirildi.

 Partiya faollari Jizzax shahridagi 21-sonli mehribonlik uyiga tashrif uyushtirib,Navro‘z bayrami bahona mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini tabriklashdi hamda Sardor O‘sarov  va Informatika o`qitish metodikasi kafedrasi professor-o`qituvchilari Yusupov Rabbim, Mamatqulova Umida, Aliboyev Sobir, Bozorov G`iyos, Rahmonqulov Feruz, Bozorboyev Yoqub, Turdiboyev Sanjarlar tomonidan jamlangan 200 dan ortiq badiiy kitoblar tarbiyalanuvchilarga bayram sovg`asi sifatida taqdim etildi.


Ulashish:
1 507
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.