Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/10/2025
Chop etish
«Jonlanaylik, uyg‘onaylik, o‘zgaraylik, natijaga erishaylik», — dedi universitet rektori

Tashkiliy masala va yangi tayinlov

Filologiya fakultetida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish tashkiliy masala bilan boshlandi. Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maqsud Yuldashev fakultet dekani Fazilat Ibragimovaning boshqa lavozimga o‘tganini ma’lum qilib, uning o‘rniga Sherzod Xoliqulovich Jabborovning Filologiya fakulteti dekani etib tayinlanganini e’lon qildi.Rektor yangi dekanni mas’uliyatli vazifani sidqidildan bajarishga, fakultetda har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘ziga xos muhit va zamonaviy dizayn yaratishga da’vat etdi.

Yangi tashabbus — o‘zbek tilini jahonga tanitish

Yig‘ilishda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi ustozlariga xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha 6 oylik maxsus onlayn kurslar tashkil etish vazifasi topshirildi. Bu orqali nafaqat til, balki o‘zbek madaniyatini ham jahon miqyosida targ‘ib etish maqsad qilingan. — «O‘zbek madaniyati o‘zbek tili bilan yoyiladi», — deya ta’kidladi rektor Maqsud Yuldashev.

Ilmiy salohiyatga asoslangan rag‘bat

Shu o‘rinda rektor universitetda salohiyati 50 foizdan yuqori bo‘lgan kafedralar rag‘batlantirilishini ma’lum qildi. Ayniqsa, O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi ilmiy salohiyat darajasi 74 foizdan yuqori bo‘lgani uchun universitet bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagani ta’kidlandi.Ushbu kafedra jamoasi 50 foiz ustama bilan rag‘batlantiriladi. Bu tashabbus ta’lim sifati va ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Takliflar va muhokamalar

Yig‘ilish davomida professor-o‘qituvchilarning taklif va mulohazalari tinglandi. O‘rinli, amaliy ahamiyatga ega va universitet salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan takliflar qo‘llab-quvvatlanishi belgilab olindi.

Muomala madaniyati — natija kaliti

Yig‘ilish so‘ngida rektor muomala madaniyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.— «Biz top 1000 talik universitetlar ro‘yxatiga kirishimiz mumkin. Ammo agar muomala madaniyatimizni to‘g‘rilamasak, bu natijaga erishish qiyin bo‘ladi. Talabalarga samimiy va oddiy munosabatda bo‘lish — bu ham bitta katta natija», — dedi Maqsudjon Yuldashev.Yig‘ilishda bildirilgan fikrlar va qo‘yilgan vazifalar Filologiya fakultetining yangi bosqichga ko‘tarilishiga, universitet nufuzi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Rektorning «Jonlanaylik, uyg‘onaylik, o‘zgaraylik, natijaga erishaylik» degan da’vosi butun jamoa uchun harakat shioriga aylandi.


Ulashish:
1 522
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.