Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/04/2025
Chop etish
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida xalq og‘zaki ijodi durdonasi bo‘lmish “Go‘ro‘g‘li” dostoni  bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
O‘zbek  xalq dostonchiligida “ G‘o‘ro‘g‘li” turkumi katta o‘rin tutadi. Ularda xalq tarixi, taqdiri, o‘tmishdagi hayoti, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, diniy, axloqiy-ma’naviy hamda badiiy estetik qarashlari o‘ziga xos tarzda aks etgan.

O‘zbek tili va adabiyoti tyutorlari tomonidan “Kitobsevar millat» doirasida  tashkil etilgan tadbirda ana shu haqida so‘z bordi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Go‘ro‘g‘li” dostoni, dostonining yoshlar ma’naviyatida tutgan o‘rni haqida ma’ruza qilishdi.

Tadbirda ARM xodimlari tomonidan Xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Talabalarning mavzu bo‘yicha chiqishlari, sahna ko‘rinishi barchaga manzur bo‘ldi.


Ulashish:
660
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.