Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
09/04/2021
Chop etish
“Kitobxonlik haftaligi”tadbirlari

Axborot-resurs markazida 5 aprel kuni boshlangan “Kitobxonlik haftaligi”ning ikkinchi kunida institut Madaniyat saroyida viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi vakillari  Nurali Qobil, Xurshid Nurullaev, Muzaffar Xo‘jamberdievlar ishtirok etdi. Tadbirga barcha fakultetning talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari, axborot-resurs markazi xodimlari ham qatnashdi.

Ijodiy uchrashuvni institut Yoshlar bilan ishlash  prorektori S.Nazarqosimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.  Ijod vakillari Respublikamizdagi ijodiy jarayonlar, adabiy muhit to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon etdilar. Ijodiy uchrashuv qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.  Kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shuningdek, shu kuni institut axborot-resurs markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  “Musiqiy ta’limda kompyuter imkoniyatlari” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Amaliy mashg‘ulot San’atshunoslik fakulteti Musiqiy ta’lim metodikasi kafedrasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda talaba-yoshlarga musiqa fanini o‘qitishda  Sibilus  dasturidan foydalanish afzalliklari to‘g‘risida ma’lumot berildi va mutaxassislikka doir adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish

 


Ulashish:
1 878
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.