Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
30/04/2025
Chop etish
Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida seminar-trening tashkil qilindi.
Xorijiy tillar fakulteti 1-kurs faol talabalari ishtirokida o‘tgan seminar- trening davomida talabalarga korrupsiya tushunchasi, turlari, javobgarlik masalalari, ichki tartib qoidalari, fan sillabuslari, akademik korrupsiyaning kelib chiqishi, korrupsion holatlarning sodir etishiga olib kelishi, prezidentimizning 2025-yil 5-martdagi tanqidiy-tahlil ma’ruzasi tushuntirildi.

Shuningdek, “Tarbiya” fani doirasida talaba va o‘quvchilarga halollik, birovni haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu g‘oyalarni sodda tilda tushuntirildi.

» Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha ham tushunchalar berildi.


Ulashish:
1 139
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.