Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/02/2026
Chop etish
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Jizzax shahar bo‘limi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniy” kengashi hamkorligida “Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – Nuroniylarni va keksa yoshdagi fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada samaralashtirish, jamoada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda yosh avlodni xalqimizning asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Seminar universitetning ARM majlislar zalida o‘tkazildi. Unda universitet faxriylari, Jizzax shahri mahallalaridan faxriylar va mahalla faollari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori maslahatchisi G‘ayrat Qodirov ochib, mahalla bilan hamkorlik va nuroniylarni e’zozlash, yoshlar uchun ibrat-o‘rnak ahamiyati haqida so‘zladi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning murojaatnomasida nuroniylarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish va mahalla bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar, Jizzax DPU “Nuroniy” kengashining 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar dasturi va istiqbol rejalari, Nuroniylarning sog‘lig‘ini saqlash va ularga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, kiberjinoyatchilik va uning ko‘rinishlari, “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” tizimini universitetda amalga oshirish mexanizmlari va kasbiy masalalar kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Tadbirda ma’ruzalar tinglanib, fikr almashildi va kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.


Ulashish:
1 804
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.