Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/04/2025
Chop etish
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 631-yilligiga va 12-aprel “Kosmonavtika kuni” kuni munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosining zamonaviy astronomiya fani va ta’limi ravnaqidagi roli” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
9-11-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy anjuman O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti va Jizzax davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Anjumanda O‘zR FA Astronomiya instituti, Moskva davlat universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Qoqon davlat pedagogika instituti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Axborot texnologiyalari va menejment universiteti (Qarshi), Chirchiq davlat pedagogika universiteti va Navoiy davlat universitetidan 50 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Anjumanni JDPU Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori G‘ayrat Qodirov va O‘zFA Astronomiya instituti bosh ilmiy xodimi Sobit Po‘latovich Ilyosov tabrik so‘zlari bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng  ilmiy-amaliy anjumanni borishida dastur bo‘yicha o‘z ishini davom ettirdi. Shu  kuni talabalar tomonidan Quyosh teleskopi bilan Quyosh dog‘ini kuzatish va Oyni kuzatish bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshirildi. Anjumanining ikkinchi kuni mavzu doirasidagi ma’ruzalar bilan davom etdi.

 

Tadbirning so‘nggi kuni Universitet muzeyiga sayohat uyushtirildi va 12-aprel “Kosmonavtika kuni” ga bag‘ishlab ramziy raketa uchirish marosimi tashkil etildi. Ilmiy-amaliy anjumanga Mirzacho‘l tumani Gagarin shahridagi “Kosmonavtika muzeyi” ga tashrif yakun yasadi.


Ulashish:
1 137
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.