Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
03/06/2024
Chop etish
MUNOSABAT

Joriy yilning 1 iyun kuni https://t.me/magistrlarofficial telegram kanalida e’lon qilingan murojaat bo‘yicha Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyatining   MUNOSABATI

Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan mazkur postga shu kunning o‘zida e’tibor qaratib, quyidagi munosabatni bildiradi. Mazkur murojaatda Sirtqi bo‘lim bitiruvchi talabalardan tamagirlik yo‘li bilan imtihonlardan ishtirok etish uchun pul talab qilinayotgani bayon etilgan.
“Magistrlar Official” telegram kanaliga murojaat yo‘llagan talaba “tushlik va yakuniy davlat imtihonlarini topshirish uchun pul yig‘imi bo‘layotganligini, va talaba pul bermasa uni imtihonlardan yiqitishlarini” iddao qilgan.
Ayni paytda rahbariyat tomonidan mazkur murojaat bo‘yicha maxsus ishchi guruhi shakllantirilib o‘rganish ishlar olib borilmoqda. O‘rganish natijasida aniqlangan holat ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
Universitet rahbariyati, (https://t.me/magistrlarofficial/10800) telegram kanali admini tomonidan chiqarilgan universitet sha’nini yerga uruvchi, asoslanmagan ma’lumotlar o‘z isbotini topmasa belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni va tegishli tartibda javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqilishini bildiradi.
O‘rni kelganda shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, ushbu oliygoh allaqachonlar universitet maqomini olib ulgurgan.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2022 yil 21 iyun “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli qaroriga asosan Jizzax davlat pedagogika instituti negizida Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil qilindi.
Eslatma: Hurmatli talabalar agarda siz bilan shunday holat yuz bersa, shu kabi noxush voqelarning guvohi bo‘lsangiz @jdpiantikorrbot telegram kanaliga murojaat yo‘llashingiz, Shu bilan bir qatorda universitetdagi Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limiga yoki tegishli tartibda huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati


Ulashish:
1 402
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.