Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/02/2025
Chop etish
Muqimiy nomidagi  O‘zbekiston davlat musiqali teatri jamoasi JDPUda mehmon bo‘lishdi.

Bir qator taniqli san’atkorlardan iborat ijodiy jamoa dastlab universitet rektori Sh.Sharipov qabulida bo‘lishdi. Samimiy tarzda o‘tkazilgan suhbat davomida universitet rektori bugungi kunda oliygohda tashkil etilgan talaba teatr studiyalari, iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida so‘zladi. Bugungi namoyish esa professor-o‘qituvchilar va talabalarning maroqli dam olishlari uchun xizmat qilishini ta’kidlab, san’at olami vakillariga iliq fikrlarni bildirdi.

JDPUda “Qaytar dunyo” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Teatr bu ko‘zguyu Inson ko‘zguga qarab o‘zining ko‘rinishidagi kamchiliklarini yo‘qotgani kabi teatr jamiyatdagi nuqsonlarni yo‘qotishga, turmushimizni yanada obod bo‘lishiga xizmat qiladi.  Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati hamda Kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,  ularni ma’naviy hordiq olishlarini ta’minlash maqsadida universitet madaniyat saroyida  Muqimiy nomidagi  O‘zbekiston davlat musiqali teatri repertuaridan o‘rin olgan “Qaytar dunyo” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.

“Qaytar dunyo” spektakli  X. Xursandov ijodiga mansub bo‘lib, ushbu spektkal inson qadri, farzandlar tarbiyasi, ota-onalarimizga nisbatan mehr-oqibatli bo‘lish haqida hikoya qiladi. Tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirgan , mehr, muhabbat, sadoqat, oqibat kabi tushunchalarni, milliy qadriyatlarimizning singdirishga xizmat qilgan ushbu asardagi rollarni  Muqimiy teatrining taniqli aktyor va aktrisalari Tursunboy Pirjonov, Tohir Rahimov, Narposhsha Xasanova, Bahrom Boltayev, Bozorbek Xolmo‘minov, Nurbek Mamatov, Jamoliddin Valiyev, Baxtiyor Ahmedovlar tomonidan mahorat bilan ijro etishdi.

Madaniyat saroyiga yig‘ilgan tomoshabinlar ajoyib ijrodan madaniy hordiq chiqarishdi. Yaxshi kayfiyat va unutilmas yorqin tassurotlarni hadya etgan spektakl so‘ngida aktyor va aktrisalar bilan ijodiy uchrashuv ham tashkil etildi.


Ulashish:
945
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.