Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/02/2025
Chop etish
“Nazm va navo” kechasi.
An’anaviy “fevral buyuk allomalar oyligi” kunlari doirasida JDPUda «Nazm va navo» kechasi tashkil etildi.
JDPU madaniyat saroyida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag‘ishlab hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda E. Lutfullayev nomidagi talabalar maqomchilar ansambli ishtirokidagi musiqiy dasturi tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Tadbirni Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov kirish so‘zi bilan ochdi.

Mumtoz musiqa san’atimiz rivojida Navoiy va Bobur ijodiy merosi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ularning betakror g‘azallari bilan kuylanuvchi musiqiy asarlar san’at muxlislarining ko‘ngil mulkiga aylangan. Ayni paytda mazkur musiqiy asarlar mukammalligi, betakrorligi, teran va yuksak badiiy-falsafiy ruhi bilan ham qadrlidir. Talabalar maqom ansambli tomonidan kuylangan g‘azallarda ana shu mukammallik va betakrorlikni his etish mumkin.

Nazm va navo kechasida talabalar va xonandalar ishtirokida chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, jozibali raqslar ijro etildi.


Ulashish:
693
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.