Jizzax davlat pedagogika universiteti Musiqa madaniyati fakulteti, Musiqa ta’limi kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan mahorat darsida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir – Nuriddin Aminjonov , Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, bastakor – Ahmadjon Dadayev, Oʻzbekiston xalq hofizi – Isroil Vahobov, Jizzax viloyat namunali maqom ansambli, Eson Lutfullayev nomidagi Jizzax davlat padagogika universiteti talabalar maqom ansambli jamoalari va talabalar ishtirok etishdi.
Universitetning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan mahorat darsida taniqli kompozitor va bastakorlar hamda maqom ustalari tomonidan o‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligi, maqom san’ati xususida talaba yoshlarga keng va atroflicha tushunchalar berish bilan bir qatorda jonli ijroda maqomlardan kuylab ham berishdi.










