Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/12/2022
Chop etish
“Oʻzbek mumtoz qoʻshiqchiligida ijrochilik uslublari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Musiqa madaniyati fakulteti, Musiqa ta’limi kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan mahorat darsida  Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir – Nuriddin Aminjonov , Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, bastakor  – Ahmadjon Dadayev, Oʻzbekiston xalq hofizi – Isroil Vahobov, Jizzax viloyat namunali maqom ansambli, Eson Lutfullayev nomidagi Jizzax davlat padagogika universiteti talabalar maqom ansambli jamoalari va talabalar ishtirok etishdi.

Universitetning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan  mahorat darsida taniqli kompozitor va bastakorlar hamda maqom ustalari tomonidan o‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligi, maqom san’ati xususida talaba  yoshlarga keng va atroflicha tushunchalar berish bilan bir qatorda jonli ijroda maqomlardan kuylab ham berishdi.

Mahorat darsi davomida yurtimiz musiqa san’ati hayotidagi yangiliklar, kompozitorlar ijodi, o‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligi haqida  ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ustoz san’atkor bilan muloqotda yoshlar milliy musiqachiligimiz borasida fikr mulohazalarini bildirdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi. Mazkur tadbir yoshlarning mavzu doirasidagi bilim va tushunchalarini boyitish bilan birga, ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

 


Ulashish:
1 739
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.