Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/04/2026
Chop etish
Ogohlik va mas’uliyat – barqarorlik garovi: JDPUda profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ogohlik va mas’uliyat – barqarorlik asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda universitet rahbariyati, viloyat ichki ishlar organlari vakillari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda 500 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda har bir fuqaroning ogohligi, mas’uliyati va huquqiy madaniyati muhim omil ekani ta’kidlandi.

So‘zga chiqqanlar bugungi globallashuv sharoitida axborot xavfsizligi, yot g‘oyalar va dezinformatsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, giyohvandlik va turli jinoyatlarning oldini olish dolzarb vazifa ekanini qayd etdilar. Xususan, Prezidentning PF-207-son Farmoni asosida yoshlarni zararli illatlardan himoya qilish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalar o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, profilaktik ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, zamonaviy axborot tahdidlariga qarshi kurashishda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish yuzasidan qator takliflar ilgari surildi. Mutasaddilar tomonidan yoshlarni ogohlikka chaqirish, har qanday shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslik hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.


Ulashish:
2 044
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.