Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/02/2024
Chop etish
OTM va maktab hamkorliligi: JDPU  qoshidagi 30 sonli tayanch maktabida seminar tashkil etildi.

Seminarni Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti  rektori Shavkat Sharipov  ochib berdi. U o‘z so‘zida tayanch maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilarining bilim saviyasi respublikada namuna bo‘ladigan maktab bo‘lishi va shu maqsadga erishish uchun hamkorlikda, hamjihatlikda faqat oldinga intilish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.  Seminar-trening jarayonida ishtirokchilarga » PISA» » PIRLSS» «TIMSS» xalqaro   baholash dasturi va ta’lim.uz platformasi haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Seminar-trening 5 bosqichdan iborat bo‘ldi. Unda  Ta’lim.uz sohasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy anjumanlar haqida ma’lumotlar berildi va prezident nutqlaridan namunalar namoyish etildi. PISA PIRLS TIMSS xalqaro baholash dasturlari asosida savol-javob o‘tkazildi. Zamonaviy mahoratli pedagoglar salohiyatini aniqlash bo‘yicha anketa so‘rovnomasi olindi va tahlil qilindi.

Xorijiy davlatlar, xususan Finlandiya ta’lim tizimi o‘qitish metodikalari bilan ham yaqindan tanishtirib, bir necha misollar keltirib o‘tildi.Ta’lim.uz mavzulashtirilgan elektron platformasi haqida ma’lumotlar berildi va amaliy mashqlar bajarish usullari ko‘rsatib berildi.Qiziqarli bahs-munozaralar, erkin fikrlar ruhida o‘tgan Seminar-treningda barcha ishtirokchilar o‘zlariga  kerakli bilim va malakalarni olishdi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Shuningdek,  trening davomida kelgusida hamkorlikda ishlash rejalari ham tuzildi. Maktab va universitet hamkorligida tashkil etiladigan bunday harakatlar ijobiy samara berishi shubhasiz.

Seminarni Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Sanobar Kenjayeva boshqarib bordi.


Ulashish:
1 138
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.