Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/11/2025
Chop etish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34-yilligi munosabati bilan universitetda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Erta tongdanoq bosh bino hududida talaba-yoshlar va volontyorlar bayroqlarni ko‘targan holda saf tortib, universitetga kirib kelayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni ko‘tarinki ruhda kutib olishdi.

Musiqa sadolari ostida har bir kiruvchi ishtirokchiga davlat bayrog‘i ramzi aks ettirilgan emblemalar taqib qo‘yildi.

Shundan so‘ng bayram tadbirining tantanali qismi boshlandi. Tadbirni universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev ochib, davlat bayrog‘ining muqaddasligi, uning yurtparvarlik va davlatchilik ramzi sifatidagi ahamiyati haqida fikr bildirdi va barchani ushbu qutlug‘ sana bilan tabrikladi.

Tadbir davomida so‘z navbati shoira Mehriniso Abdurahmonovaga berildi. U ishtirokchilarni bayram bilan samimiy muborakbod etar ekan, bayrog‘imizga bag‘ishlangan she’ridan namunalar o‘qib berdi.

Tantanali qism yakunida talaba-yoshlar tomonidan bayroqlar ramziy ma’noda ko‘tarilib, davlat ramziga bo‘lgan hurmat va sadoqat ifodalandi.


Ulashish:
942
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.