Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/06/2023
Chop etish
Para velosport: Osiyo chempionati qahramoni universitetda kutib olindi.

Xabaringiz bor, para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari Taylandning Pattayya shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Jizzax davlat pedagogika universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Bunyodbek Hayitmuhammadov 100 ga yaqin sportchi ishtirok etgan chempionatda faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, yakunda g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida sportchi talaba Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi vakillari, universitet rahbariyati, talaba-yoshlar tomonidan tantanali kutib olindi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, chempion talabamizni qo‘lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklashdi. Shundan so‘ng Jizzax viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bobur Qodirov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov yo‘llagan faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alarni Bunyod Hayitmuhammadovga tantanali tarzda topshirdi.

 

\

Yaqin kunlarda Malayziyaga navbatdagi sport musobaqalariga ketishga shaylanayotgan sportchi talabamizga universitet rahbariyati toionidan 5 mln. so‘mlik vaucher ham topshirildi. Marosim so‘ngida kecha qaxramoni Bunyodbek Hayitmuhammadov so‘zga chiqib, yoshlarga xususan sportchilarga prezident tomonidan berilayotgan eʼtibordan mamnun ekanligini, universitet rahbariyati hamda ustozlarining qo‘llab-quvvatlashidan motivatsiya olishini aytib o‘tdi.

 


Ulashish:
984
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.