Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/10/2025
Chop etish
Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida Ota-onalar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika universitetining Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida Ota-onalar kengashining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etildi. Tadbirda ota-onalar, fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchaev ochib berdi. U o‘z so‘zida universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, talabalar o‘rtasida odob-axloq me’yorlariga rioya etish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida oila va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi doimiy muloqot samarali natijalarga olib kelishini ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • O‘quv jarayonida kredit-modul tizimining joriy etilishi va talabalarning baholanish mezonlari;

  • Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, uni oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar;

  • Talabalar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish;

  • Talabalarning ijtimoiy-psixologik holatini yaxshilash masalalari.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar o‘z ma’ruzalarini taqdim etib, ota-onalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berishdi.

Yig‘ilish yakunida yangi tarkibdan iborat Ota-onalar kengashi saylanib olindi. Shuningdek, o‘qishda yuqori natijalarga erishgan talabalar va ularning ota-onalari fakultet rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Tadbir o‘zaro fikr almashish, ota-onalar va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, talabalarning ta’lim va tarbiya jarayonida faol ishtirokini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.


Ulashish:
1 356
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.