Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/10/2025
Chop etish
Prezident tabrigi: O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi.

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llagan tabrikda pedagoglar mehnatini qadrlash va ularning turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan muhim tashabbuslar e’lon qilindi.

Davlat rahbari ta’lim sohasi rivoji va o‘qituvchilarning nufuzini oshirish yo‘lida qator yangi imkoniyatlar yaratilishini ta’kidlab o‘tdi. Xususan:

Ipotekada yengillik – 15-yillik stajga ega oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Farzandlari uchun chegirma – oliygohga qabul qilingan pedagog farzandlari uchun kontrakt to‘lovida 30 foizlik chegirma joriy etiladi.

Kompyuter xaridi uchun kredit – o‘qituvchilar zamonaviy texnika sotib olishlari uchun 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi.

Davlat xizmatlarida arzonlik – yangi yildan boshlab pedagoglar davlat xizmatlari uchun belgilangan to‘lovlarni ikki baravar kam to‘laydi.

Yosh pedagoglarga ta’lim krediti – dunyo TOP-300 oliygohga o‘qishga qabul qilingan bo‘lg‘usi pedagoglarga 20 ming AQSH dollarigacha imtiyozli ta’lim krediti beriladi.

Ushbu yangiliklar yurtimizda pedagoglarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning mehnatini munosib qadrlash va ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.

👉 Batafsil ma’lumot bilan Prezident rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin: president.uz


Ulashish:
3 549
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.