Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/06/2026
Chop etish
Prezidentning Yoshlar kuni uchrashuvidagi eng muhim tashabbuslar.

Strategik yo‘nalish va tizimli ishlar

  • Yangi yondashuv: Davlatlar endi hududi yoki tabiiy boyligi bilan emas, bilimi, texnologiyasi va inson kapitali bilan raqobatlashmoqda.
  • Uchinchi Renessans: Yoshlar faqat o’tmish bilan faxrlanmay, Yangi O‘zbekiston poydevorini yaratuvchi asosiy kuch bo‘lishi shart.
  • Doimiy nazorat: Har payshanba “Yoshlar kuni” etib belgilangan. Muammolar hal bo’lishi uchun vazir, hokim va rektorlar tinimsiz ishlashi talab etiladi.
  1. «Yoshlar daftari» va erishilgan natijalar
  • 1,5 million yoshlarning muammolari “Yoshlar daftari” orqali hal etildi.
  • Yosh tadbirkorlar soni 5 barobarga ko‘payib, 287 mingdan oshdi.
  • Tillarni intensiv o‘rganayotganlar 3,5 millionga yetdi; yoshlar jinoyatchiligi esa 2,5 barobarga kamaydi.
  1. Zamonaviy kasblar uchun “Kasb vaucheri” tizimi
  • Foizsiz ssuda: Zamonaviy kasblarni o‘rganish uchun har yili 50 ming nafar yoshga foizsiz ssuda shaklida “kasb vaucheri” beriladi.
  • Bepul ta’lim: Ehtiyojmand oilalardagi 85 ming ishsiz yoshga xususiy markazlarda o‘qish uchun bepul vaucherlar ajratiladi.
  • Mablag‘: Ushbu tizim uchun joriy yilning o‘zida 120 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
  1. Xalqaro sertifikatlar va xususiy texnikumlar
  • Xarajatlarni qoplash: Xalqaro til sertifikati kabi, endi xalqaro kasb sertifikatini olgan yoshlarning ham xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.
  • Soddalashtirish: Texnikum ochishdagi litsenziya shartlaridan 20 dan ortiq talab bekor qilinadi. Yangi yildan xususiy texnikumlarga ham davlat granti beriladi.
  • Katta mukofot: Xalqaro kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga 100 million so‘m, ularning ustozlariga 50 million so‘m mukofot beriladi.
  1. Raqamli kontent va xorijdagi talabalar granti
  • Platforma: Xorijiy tillarni biladigan yoshlar uchun “raqamli kontent” platformasi ishga tushadi va unga har yili 20 milliard so‘m ajratiladi.
  • Eksport va turizm: Xorijda o‘qiyotgan 150 mingdan ziyod yoshlarga vatanimiz salohiyatini targ‘ib qilish va turistik marshrutlarni taqdim etish uchun maxsus grantlar beriladi.
  1. Ish beruvchilar va uyushmagan yoshlar uchun imtiyozlar
  • Tadbirkorlarga yengillik: Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkor uchun yosh mutaxassisning daromad va ijtimoiy solig‘i 1 yil davomida 1 foiz etib belgilanadi.
  • Kafolatlangan birinchi qadam: Ijtimoiy reyestrga kirmagan, ammo ko‘makka muhtoj 1 million yoshlar uchun yangi paket joriy etiladi.
  • Talabalarga rag‘bat: Uyushmagan yoshlarni o‘qitib, o‘qishga kirishiga ko‘maklashgan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball va davlat stipendiyalarida ustuvorlik beriladi.
  1. Yoshlar biznesini brendlashtirish (Franshiza)
  • Yoshlar mini-franshizasi: O‘z brendiga ega yosh tadbirkorlar tajribasini boshqalarga o‘rgatish uchun ushbu dastur ishga tushadi.
  • Moliyaviy ko’mak: Mahalliy brendlar franshizasini oladigan yoshlarga 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi. Dasturga jami 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
  1. Rahbarlik va stajirovka: “TOP-100” dasturi
  • Yangi liderlar: AKT, sun’iy intellekt, ta’lim, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida ochiq tanlov asosida «TOP-100» yosh rahbarlar ro‘yxati shakllantiriladi.
  • Mukofot va lavozim: G‘oliblar 50 million so‘m bilan mukofotlanadi va rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.
  • Xalqaro tajriba: Har yili 2 ming nafar yosh nufuzli xalqaro tashkilotlarga stajirovka yuboriladi.
  1. Startaplar uchun 10 milliardlik Venchur jamg‘armalari
  • E’tirof: O‘zbekiston “Global startap indeksi”da 31 pog‘ona ko‘tarilib, “2026-yil mamlakati” deb e’lon qilindi.
  • “1 mingta masalaga – yoshlardan 1 mingta yechim”: Har bir vazir va hokim o‘z tizimidagi muammolarni yechish uchun kamida 10 milliard so‘mlik venchur jamg‘armasi tashkil etadi.
  • To’g’ridan-to’g’ri investitsiya: Yoshlar agentligi eng yaxshi 100 ta loyihaga 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritadi.
  1. IT Parklar, Superkompyuter va “Mening birinchi kompyuterim”
  • Yangi IT infratuzilma: Andijon, Samarqand, Jizzax va boshqa shaharlarda jami 100 ming kv.m maydonga ega yirik IT parklar barpo etiladi (20 ming yangi ish o‘rni).
  • Bepul laboratoriya: «Raqamli hukumat» markazidagi superkompyuter va 20 ta oliygohdagi sun’iy intellekt laboratoriyalaridan yoshlar bepul foydalanadi.
  • Imtiyozli noutbuklar: Ehtiyojmand oilalardagi 10 ming yoshga noutbuk olish xarajatining yarmi qoplab beriladi, qolgan qismi 3 yilga foizsiz ssuda (bo‘lib to‘lash) asosida beriladi.
  1. Yangi stipendiyalar va olimpiada rag‘batlari
  • Dual ta’lim: AKT va sun’iy intellekt yo‘nalishidagi 3-kurs talabalari o‘qishni IT parklarda ish bilan birga davom ettiradi.
  • Yangi stipendiyalar: Iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy”, muhandis qizlar uchun esa “Muhandis qizlar” stipendiyalari ta’sis etiladi (Xususiy oliygohlar talabalariga ham beriladi).
  • AI Olimpiadasi: Endilikda sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblari ham 1 milliard so‘m, ularning ustozlari esa 200 million so‘m mukofot oladi.
  1. Giyohvandlikka qarshi umummilliy harakat ва Ota-onalar mas’uliyati
  • Qat’iy chora: Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish umummilliy harakatga aylantirildi, javobgarlik keskin kuchaytirildi. Prezident yoshlarni umrning har daqiqasini ezgu ishlarga sarflashga chaqirdi.
  • Ota-onalarga murojaat: Davlat rahbari farzand tarbiyasi eng nozik poydevor ekanligini eslatib, ota-onalarni hozirgi murakkab davrda har qachongidan ham e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lishga da’vat etdi.

 


Ulashish:
937
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.