Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
03/04/2026
Chop etish
Qozon Federal universiteti filialida korrupsiyaga qarshi masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Jizzax shahridagi Qozon Federal universiteti filialida JDPU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 14-oktyabrdagi 404-sonli buyrug‘i asosida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida sovg‘alar va mehmondo‘stlik belgilarini qabul qilish tartibi, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, uni aniqlash va oshkor etish masalalari misollar orqali izohlandi. Ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar tashkil etilib, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.


Ulashish:
1 797
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.