Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/04/2026
Chop etish
R A S M I Y  M U N O S A B A T

Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilarning ish haqi va ustamalari bilan bog‘liq holat yuzasidan tarqalgan ma’lumotlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Universitetda professor-o‘qituvchilarga ish haqi va qo‘shimcha ustamalar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan moliyaviy me’yorlar asosida hisoblanadi va to‘lanadi.

Ayrim hollarda mehnat yuklamasi, dars soatlari, shartnoma asosida jalb qilingan mutaxassislar mehnati hamda moliyaviy mablag‘lar manbasiga qarab to‘lovlar turlicha shakllanishi mumkin. Bu jarayonlar universitetning ichki buyruqlari va amaldagi tartib-qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilarga ustamalar to‘lanmasligi yoki to‘lovlarda nomutanosiblik mavjudligi haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirib, 2026-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Ilmiy kengash qaroriga muvofiq quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablariga muvofiq, “dotsent vazifasini bajaruvchi” va “professor vazifasini bajaruvchi” lavozimlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarga unvon uchun qo‘shimcha ustama to‘lovlar nazarda tutilmaganligi belgilangan.

Ushbu lavozimlar vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lib, tegishli ilmiy unvon (dotsent yoki professor) belgilangan tartibda rasmiy ravishda berilguniga qadar amal qiladi. Shu sababli mazkur toifadagi professor-o‘qituvchilarga unvon uchun qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq emas.

Mazkur masala Ilmiy kengash qarori bilan tartibga solingan bo‘lib, uning ijrosi universitetda belgilangan tartib-qoidalar asosida ta’minlanmoqda.

Universitet rahbariyati tomonidan barcha moliyaviy jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq rioya etish choralari ko‘rilmoqda.


Ulashish:
278
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.