Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/05/2023
Chop etish
Samarqandga sayohat tashkil etildi.

 “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida hamda xodimlarning faol dam olish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida 2023-yil 27may kuni Jizzax davlat pedagogika universitetining 52 nafar professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida Samarqand shahriga sayohati tashkil qilindi

Sayohatchilar dastlab Samarqanddagi “Go‘ri Amir” ziyoratgohiga sayohat qildilar, so‘ngra qadimiy-tarixiy va hamisha navqiron Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, meʼmoriy obidalari Registon majmuasi, Bibixonim masjidi, Shohizinda tarixiy maskani shu jumladan yurtimizning eng qutlug‘ qadamjolaridan biri – Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning mangu qo‘nim topgan  “Hazrati Xizr” masjidi majmuasida bo‘lib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Taʼkidlash joiz, sayohatchilar kun davomida shuningdek Samarqand shahridagi o‘zgarishlar, yaqin kunlarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, ziyoratgohlari va keyingi yillarda qurilgan mahobatli binolari sayohatchilarda yaxshi taassurot qoldirdi. Azim Samarqand shahriga bo‘lgan sayohat “Samarqand Siti” boqiy shaharga bo‘lgan tashrif bilan yakun topdi.    Universitet rahbariyati hamda kasaba yushmalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan sayohat barcha ishtirokchilarga ulkan ruhiy maʼnaviy kuch bag‘ishlab yangi marralarni egallashga rag‘bat uyg‘otdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.


Ulashish:
1 252
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.