Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/09/2025
Chop etish
“Scopus” va “Web of Science” xalqaro ma’lumotlar bazalari bo‘yicha seminar-trening
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025-yil 4-sentyabr kuni “Xalqaro ilmiy-tadqiqotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tish va tizimga kirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoni va unga 2-ilova sifatida tasdiqlangan “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 27-avgustdagi 314-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

 

Seminar-treningda 60 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdilar.Unda Scopus va Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazalarida maqola chop etish tartiblari, ilmiy ishlarni tayyorlash va taqdim etishdagi me’yorlar, tahririyat siyosati va nashr etikasi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ishtirokchilarning savollariga javob berishdi.

Tadbir davomida talabalar va izlanuvchilar xalqaro platformalardan samarali foydalanish, maqolalarni to‘g‘ri yo‘naltirish va ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Seminar-trening yakunida Scopus va Web of Science bazalaridan muntazam foydalanish universitet jamoasi uchun ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.


Ulashish:
2 885
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.