Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/02/2026
Chop etish
“Sinergiya” korporatsiyasi vakillari universitet infratuzilmasi va ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv universitet foyesida rus tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ijro etilgan rus xalq qo‘shiqlaridan iborat musiqiy chiqishlar bilan boshlandi.

Shundan so‘ng mehmonlar STEAM parkdagi amaliy mashg‘ulot jarayonlari, shuningdek, kimyo va biologiya laboratoriyalarida o‘tkazilayotgan darslar bilan tanishdilar.

Sayohat davomida Jismoniy tarbiya va sport fakulteti faoliyati, xususan, boks, kurash, gimnastika va voleybol yo‘nalishlaridagi o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, universitet huzurida barpo etilayotgan tibbiyot klinikasining qurilish ishlari bilan ham tanishuv o‘tkazildi.

Mehmonlar universitet hududidagi basseyn, stol tennisi zali hamda ochiq sport maydonlarini tomosha qildilar. Madaniyat saroyida esa musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari va professor-o‘qituvchilarining hisobot konserti, jumladan, orkestr, dirijyorlik va opera san’atiga tayyorgarlik jarayonlari namoyish etildi.

Shuningdek, mehmonlar universitet kutubxonasi hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo‘lib, ma’naviy-ma’rifiy meros bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv tashrifi yakunida universitet hovlisidagi “Professorlar bog‘i”da ko‘chat ekish marosimi o‘tkazilib, ushbu tadbir hamkorlik va do‘stlik ramzi sifatida baholandi.


Ulashish:
2 977
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.