Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/04/2023
Chop etish
“Talabalar bahori” festivali yangi iqtidorlilarni kashf qildi.

Bir necha kundan beri Jizzax viloyatidagi davlat OTMlari talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan “Talabalar bahori” festivali 5 mingga yaqin yoshlarni qamrab oldi.

Jizzaxdagi 3 ta JDPU, JizPi, O‘zMU Jizzax fililalida sportning barcha turlari, musiqa yo‘nalishi, liboslar namoyishi, rasmlar ko‘rgazmasi, zakovat intelektual o‘yinlari, quvnoqlar va zukkolar bellashuvlari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Festivalning yakuniy bosqichi esa Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tdi. Festivalning yakuniy bosqichida so‘zga chiqqan  JDPU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori F.Akchaev festival qatnashchilariga omad va zafarlar tiladi. U o‘z so‘zida yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rliklarga javoban talaba  yoshlar ham o‘zining samarali mehnati, ta’limdagi muvaffaqiyatlari, sport sohasidagi olamshumul g‘alabalari bilan munosib javob berishayotganini ta’kidladi.

Festival davomida talabalar tomonidan «Adras jilosi» milliy liboslar namoyishi, «Quvnoqlar va zukkolar» jamoalarining chiqishlari namoyish etildi. «Zakovat» intellektual o‘yini, «Ona-yurtim jilosi» nomli rasmlar tanlovi hamda turli sport musobaqalarida talaba- yoshlar faol ishtirok etdi.

 

Ko‘tarinki ruhda o‘tayotgan festival talabalarning o‘z iqtidorlarini namoyish uchun bir pillapoya bo‘ldi desak xato qilmgan bo‘lamiz. Kimdir qo‘shiq kuylab iqtidorni sinab ko‘rsa, yana kimdir raqsga tushib tanlov g‘olibiga aylanish uchun harakat qilmoqda. Tasvirlarda ko‘rib turganingiz milliy liboslarni ko‘z-ko‘z qilayotgan talaba qizlar esa dizayn yo‘nalishida yuqori o‘rinlarni egallashni istaydi. Sa’natga oshufta, tabiatga shaydo, Ijodkorlar bahsi haqiqiy shouga aylanib ketdi. Ta’kidlash jozi mazkur “Talabalar bahori” festivali yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat, milliy-madaniy merosimizni targ‘ib etish, san’at ixlosmandlarini bahramand qilishga qaratilgani bilan  e’tiborlidir. Ushbu festival talabalarning ijodiy mahoratini yanada oshirib, kelgusida nufuzli tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashishiga xizmat qiladi

“TALABALIK BAHORI”  festivalining yakuniy bosqichida   dizayn yo‘nalishi, sport va sog‘lomlashtirish, badiiy ijod, milliy estrada va milliy raqs, rasm chizish singari rang-barang ijodiy yo‘nalishlarda o‘z iqtidorini namoyon eta olgan talabalar va yoshlar jamoalarining nomlari alohida e’tirof etildi. Diplom va sovg‘alar topshirildi. Eng faol talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.

 


Ulashish:
1 273
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.