Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/10/2025
Chop etish
Talabalarning ota-onalari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarning ota-onalari bilan navbatdagi uchrashuvlar boshlandi. Ilk tashabbusni Tabiiy fanlar fakulteti amalga oshirdi.

Uchrashuvga fakultet talabalarining ota-onalari taklif etildi. Tadbir avvalida mehmonlar iqtidorli talabalarning ijodiy ishlari bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmani tomosha qildilar. Ko‘rgazmada talabalarning ilmiy izlanishlari, amaliy loyihalari va badiiy ishlari namoyish etildi.

Shundan so‘ng “Kitob — qalb quyoshi” shiori ostida “Farzandimga bir kitob” aksiyasi o‘tkazildi. Unda ota-onalar farzandlariga o‘zlari sevgan va ilhom beruvchi badiiy asarlarni sovg‘a sifatida xarid qilib topshirdilar.

Uchrashuvni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori F. Akchayev ochib berdi. U o‘z nutqida ota-onalar va universitet o‘rtasidagi hamkorlikning talabalar kamoloti hamda ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida so‘zlab, ota-onalarni universitetning ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan tabaqalashtirilgan ta’lim grantlari tizimi, talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish choralari, yoshlarning ijtimoiy-psixologik holatini o‘rganish va qo‘llab-quvvatlash, hamda “Kelajakka qadam” loyihasining afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Uchrashuv yakunida fakultet dekani ota-onalarni fakultet va universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi hamda ota-onalar kengashining yangi tarkibini saylash taklifini ilgari surdi.Tadbir so‘ngida iqtidorli va faol talabalarning ota-onalariga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday uchrashuvlar ota-ona, talaba va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlab, yoshlar tarbiyasida hamkorlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.


Ulashish:
1 356
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.