Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/01/2025
Chop etish
Ta’limdagi strategiyalar ta’limning mazmunini hamda sifatini belgilab beradi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan strategik maqsadlardan biri ta’lim tizimini xalqarolashtirish orqali milliy kadrlar tayyor tizimida xalqaro mehnat bozori talablari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hisoblanadi.

Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan oliy ta’lim muassasalari dasturlarini Xorijiy oliy ta’lim muassasalari dasturlari bilan uyg‘unlashtirish, TOP-300 talik oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish orqali pedagog-xodimlar va talabalarda xalqaro ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda talabalarda xalqaro ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish orqali xalqaro darajadagi pedagoglarni tayyorlash pedagogika sohasidagi har bir oliy ta’lim muassasasining strategik vazifasi hisoblanadi.

Mazkur strategik vazifalardan kelib chiqqan holda 2024-2025-o‘quv yilidan Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Jizzax shahridagi Prezident maktabi tomonidan imzolangan qo‘shma qarorga asosan iqtidorli bitiruvchi kurs talabalari uchun Prezident maktabida xalqaro ta’lim dasturlari asosida talabalar amaliyotini tashkil qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Prezident maktablarida amaliyotga yuborilgan talabalar xorijiy mutaxassislar bilan ishlashi, xalqaro ta’lim dasturlarini o‘rganishi hamda mutaxassislik yo‘nalishida xalqaro ta’lim ko‘nikmalarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Ulashish:
602
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.